Viloyat hokimi Nishon tumanida bо‘lib, 143  nafar terim otryad rahbarlariga qimmatbaho sovg‘alar - televizorlarni topshirdi. Bu haqda Nishon tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi Nishon shahridagi "Shukrona" tо‘yxonasida yozilgan dasturxon atrofida samimiy suhbat ruhida tashkil etilgan tadbirda tumandagi fermerlar,  ijtimoiy soha vakillari, viloyat tashkilotlaridan biriktirilgan vakillar,  ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sovg‘alarni о‘z egalariga topshirar ekan, viloyat hokimi mutoyiba qilib shunday dedi:

- Bu televizor о‘zimizda - Qarshida ishlab chiqarilgan. Qulayligi shundaki, bu televizorni yonboshlab ham,  yotibam tomosha qilsa bо‘larkan...

Hazil-mutoyiba shо‘x taronalarga ulanib ketdi.

Nishonliklar bu yilgi paxta mavsumida bildirilgan ishonchni oqlashga va’da berishdi.

 

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

Foto: Murodjon Komilov.

13-09-2019 |
Foto galereya