Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom kо‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bо‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos о‘rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yо‘lidagi ibratli faoliyati, keng kо‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Har yili ikki nafardan alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bо‘lgan iqtidorli qizlarga mukofot berilishi  belgilanganligi, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bо‘lgan о‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari - oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yо‘nalish bо‘yicha davlat grantlari asosida imtihonlarsiz qabul qilinishadi.

Ushbu tanlovda 7 ta yо‘nalishi bо‘yicha 14-yoshdan 30 yoshgacha bо‘lgan jami 3270 nafar iqtidorli qizlar viloyatimizning maktab, kasb-hunar kollejlari о‘rtasida bо‘lib о‘tgan bosqichlarida, 1275 nafar iqtidorli qizlar tanlovning shahar va tuman bosqichlarida ishtirok eti, ulardan 121 nafari viloyat bosqichga tavsiya etildi.

Hozirgi vaqtda viloyatimiz xotin-qizlari orasida 1 nafar prefessor, 1 nafar О‘zbekiston Qahramoni, 3 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, 66 nafar mahalliy Kengashlar deputatlari borligi hamda 7270 nafar rahbar ayollar  ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida mehnat qilayotganliklarini alohida ta’kidlash lozim. 

Tanlov komissiyasi a’zolari har bir qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari, egallagan yutuqlari, zabt etgan marralarini odilona baholab, Respublika komissiyasiga eng munosib 21 nafar nomzodlarni tavsiya etishdi.

Foto: S.Narziyev.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

16-11-2019 |
Foto galereya