Farg‘ona viloyatida ushu sport turi bо‘yicha О‘zbekiston chempionati о‘tkazildi. О‘smirlar, yoshlar va kattalar ishtirok etgan musobaqada viloyat an’anaviy ushu assotsiatsiyasi tomonidan bir guruh sportchilar jо‘natildi.

- Ushuning turi kо‘p, - deydi assotsiatsiya rahbari Erkin Ashurov. – Bizda jangovor uslublar chuqur о‘rgatiladi. Viloyatimiz uchun an’anaviy ushu yо‘nalishi yangi bо‘lgani uchun ham shug‘ullanuvchilar kо‘p emas. Targ‘ibot ishlarini olib borayapmiz. Harbiy yoki ichki ishlar xodimi bо‘lishni orzu qilgan qiz-yigit borki, an’anaviy ushu bilan shug‘ullanishni istayapti.

Bu sport turi bо‘yicha viloyatimizda bor-yо‘g‘i 3 ta tо‘garak bor (Nishonda 2 ta, Chiroqchida 1 ta) va ularda 100 nafardan ortiq sportchi mashg‘ulot olib boradi. Natijalar kо‘p bо‘lmasa-da, yomon ham emas. Birgina shu - Farg‘ona viloyati mezbonlik qilgan chempionatdan vakillarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qо‘lga kiritib qaytishdi.

Z.NAZIROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

25-07-2019 |
Foto galereya