Qashqadaryo viloyat hokimligi katta majlislar zalida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirish masalasida kengaytirilgan selektor yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda о‘tkazilgan yig‘ilishda shahar, tuman hokimliklari, sektor rahbarlari hamda tegishli davlat va jamoat tashkilotlarining 2019 yilda olib borilgan ishlar tahlili va 2020 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilishda mahallalarda jamoatchilik nazoratini yо‘lga qо‘yish bugungi zamon talablariga mos emasligi qattiq tanqid qilindi.

Qayd etilishicha, viloyatda aholi soni 3 mln 261 ming 240 nafarni, shundan  1 mln 650 ming 123 nafari erkaklar, 1 mln 611 ming 117 nafari ayollar, voyaga yetmagan va 30 yoshgacha bо‘lgan yoshlar soni 1 mln 935 ming 708 nafarni tashkil etadi. 77 961 nafar ish topa olmagan yoshlar, 60 565 nafar nogironligi bо‘lgan shaxslar, 1062  nafar yakka yolg‘iz va о‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, 6 271 ta kam ta’minlangan oilalar, 124 852 nafar ishsiz aholi, 127 744 nafar chet elga chiqib ketgan fuqarolar, 30 641 nafar chet elda ishlab qaytib kelgan fuqarolar, 2251 ta uy-joyga muhtoj oilalar mavjud.

Viloyatda 2019 yil yakunlari bо‘yicha jamiyat hayotidagi dolzarb muammolar sanab о‘tildi:

  • 2019 yil yakunlariga kо‘ra 768 ta mahallaning atigi 48 tasida jinoyat, notinch oila, oilaviy ajrim qayd etilmagan. 178 ta mahallada sodir etilgan jinoyatlar soni oshgan;
  • viloyat bо‘yicha 417 ta mahallada notinch oilalar sodir etilmagan bо‘lsada, 301 ta mahallada ular soni ortgan;.
  • Oilaviy ajrimlar soni 1507 tani tashkil etgan. 261 ta xotin-qizlar о‘rtasida jinoyat sodir etilgan, 166 ta о‘z joniga qasd qilish holatlari kuzatilgan. Shundan, 67 tasi xotin-qizlar va 29 ta voyaga yetmaganlarni tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, kо‘rsatkichlar shuni anglatmoqdaki, viloyatdagi har bir  mahallada – mahalla raisi, xotin-qizlar masalalari bо‘yicha mutaxassis, profilaktika inspektori va ularning yordamchilari, mahalla mas’ul kotibi, 8 ta jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi komissiya a’zolarini, Nuroniy va Yoshlar bо‘yicha о‘rinbosarlarini qо‘shib hisoblaganda 100 ga yaqin salmoqli tarkib ishi yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsada joylarda jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish ishlarini bugungi jadal islohotlar davriga mutanosib deb bо‘lmaydi.

Mahallalar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun yetarlicha sharoit yaratish bо‘yicha ham ishlar nihoyasiga yetkazilmagan.  Viloyat bо‘yicha jami 768 ta mahallaning 337 tasining  о‘z binosi yо‘q. Bugungi kunda ularning 52 tasi maktablar binosida, 24 tasi kollejlarda, 31 tasi tibbiyot muassasalarida va 230 tasi boshqa tashkilotlar binolarida joylashgan.

О‘tgan yil davomida tо‘y-hashamlarni tartibga solish, fidoyi raislar va faollar mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda faoliyatiga sovuqqonlik bilan qarab kelayotgan, о‘z vazifasini uddalay olmayotganlar faoliyatiga baho berishda sustkashlikka yо‘l qо‘yilgan.

Yig‘ilish natijasida tanqid ostiga olingan hududdagi dolzarb masalalar bо‘yicha kompleks yondashuv yо‘lga qо‘yiladi:

  • Yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bо‘yicha tizimli ishlar yо‘lga qо‘yiladi, xatlov asosida honadonma – xonadon yurib, har bir mahalla, qishloqdagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni aniqlash ishlari amalga oshiriladi;
  • Xatlov natijasida aniqlangan ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar uchun avvalambor mutaxassisliklari bо‘yicha ish bilan ta’minlanadi, shuningdek ularning hohish-istaklariga kо‘ra qaysi yо‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bо‘lsa talab etiladigan mablag‘ Markaziy bank va barcha tijorat banklari orqali ajratiladi;
  • Har bir tumanda tо‘y-hashamlarni ortiqcha dabdabalarga yо‘l qо‘yilmasdan, Oliy Majlis Senati qarori talablaridan kelib chiqqan holda о‘tkazish bо‘yicha komissiyalar faoliyati yо‘lga qо‘yiladi;
  • Har bir shahar, tumanda kutubxona va sartarashxona, gо‘zallik saloni mavjud bо‘lmagan mahallalarda kutubxona va sartaroshxona va gо‘zallik saloni qurilishi bо‘yicha taklif va loyihalar tayyorlanadi hamda qurib foydalanishga topshirilishi ta’minlanadi;

Shuningdek, yig‘ilishda topshiriqlarni amalda tadbiq etish bо‘yicha Viloyat hokimining barcha о‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari va viloyat boshqarmalari boshliqlari mahallalalarga biriktirildi.

Ta’kidlash joizki, tanqidiy-tahliliy о‘tkazilgan yig‘ilish sо‘nggida 48 nafar fidoyi mahalla raislari va faollar munosib rag‘batlantirildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

17-01-2020 |
Foto galereya