“Odina” majmuasida maqom oqshomi

“Odina” majmuasida maqom oqshomi

15-10-2020 | Ijtimoiy | 91

Xalqimiz azaldan musiqa sanʼatini sevib, ardoqlab keladi. Boisi, yaxshi kuy-qo‘shiq - dillarga orom beradi, chin insoniy tuyg‘ularni kamolga yetkazadi.

Qarshi shahridagi “Odina” majmuasida viloyat hokimligi va viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Maqom va mumtoz navolar” nomli konsert dasturida mumtoz ashulalarimizdan jonli namunalar yangradi.

Kechaning ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, ushbu beqiyos maʼnaviy merosning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni katta ekanini taʼkidladi.

Dasturda “Dunyo bilar Qashqadaryoni”, “Munojot”, “Soqinomai bayot”, “Ushshoq” (Oshiqlar), “Qoshi yosinmu deyin”, “Bo‘ylaringga”, “Topmadim”, “Qomating”, “Dugoh Husaniy VI”, “Bog‘ishamol” “O‘tdimu”, “Surating”, “Toshkent irog‘i”, “Ulug‘bek xazinasi”, “Samarqandga borsam men agar”, “Ko‘cha bog‘i”, “Sallamno”, “O‘rtar”, “Qashqadaryomsan” kabi xalq kuylari, ashulalar va mashhur spektakllardan parchalar ijro qilindi.

Maqom sanʼatining tajribali hamda yosh namoyondalari jonli ijroda kuylagan mumtoz kuylarning yorqin namunalari insonlar ruhiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etdi, ularning qalbida ezgulik, yurtparvarlik, mehr-oqibat kabi go‘zal tuyg‘ularni uyg‘otdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Komilov maqom kechasi mehmoni bo‘ldi. Erkin Komilov "Ulug‘bek xazinasi" spektaklidan parchani tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

Foto galereya