Allaqachon kо‘pchilik bilib ulgurdi. Bugun erta tongdanoq viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruhi dastlabki “yurish”ni Qarshi shahridan boshladi. Haqiqatan ham mutasaddilar hamrohligida joylardagi mavjud ahvol piyoda yurib о‘rganildi. Faqat shunchaki о‘rganish bilan cheklanildi, desak biroz xato bо‘lardi. Aniqlangan muammo borki, uni о‘sha joyda hal etish chorasi, imkoni ham kо‘rildi.

Nega Qarshi shahridan boshlandi? Chunki viloyat markazida aholi zichligi katta, shunga yarasha muammo ham talaygina. Odamlarning e’tirozi ham shundan aslida. О‘rganish davomida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, qat’iy say-harakat qilinsa, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish mumkin.

Kо‘zdan kechirish uchun ilk manzil sifatida 1-mittituman (“Amir Temur” MFY) tanlandi. Asosiy masala hududni obod qilishga taalluqli bо‘ldi.

Mavjud ahvoldan kelib chiqib, avvaldan belgilangan chora-tadbirlar asosida darhol amaliy ishlarga kirishildi. Qarshi shahar hokimi Normо‘min Xolboyev tomonidan mas’ullarga vazifalar aniq taqsimlab berildi. Hozirda bu borada katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

 Bajarilgan ishlar natijasi haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati.

29-10-2019 |
Foto galereya