Prezidentimiz tomonidan hayotga ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 5 yо‘nalishi bо‘yicha Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ham salmoqli ishlar bajarilmoqda.

Xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi Pedagogika kollejida tikuvchilik tо‘garagi tashkil etildi.

Bu yerda ish bilan band bо‘lmagan mahalladagi ayollarga hunar о‘rgatilmoqda.

-Yaqinda tashkil etilgan tо‘garagimizga qatnashayotganlar soni 15 nafardan oshdi. Ularga tikuvchilik sirlarini bepul о‘rgatamiz. Ertaga hunarli bо‘lsa, oilasiga ham foydasi tegadi, muhimi bandligi ta’minlanadi,-deydi kollejning ishlab chiqarish ta’limi ustasi Shaydo Mixliyeva.

5 ta muhim tashabbusning birinchi yо‘nalishi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida mazkur kollejda bir qator tо‘garaklar ham yо‘lga qо‘yilgan.

Jarayon bilan suratlarni tomosha qilish orqali tanishish mumkin.

Koson tumani hokimligi axborot xizmati

27-01-2020 |
Foto galereya