Bugun viloyat hokimi rahbarligida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi faoliyatiga doir о‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda tuman va shahar hokimliklari va tashkilotlarning Matbuot kotibi - Axborot siyosati masalalari bо‘yicha rahbarning maslahatchilari faoliyati ham tanqid ostiga olindi.

Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, G‘uzor va Qarshi tumanlari Matbuot kotiblari hududda sohalar bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda OAVlar bilan samarali hamkorlikni yо‘lga qо‘ymagan.

- Ayniqsa, 8 dekabr - О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan о‘tkaziladigan tadbir va loyihalar hokimlik va tashkilotlarning Matbuot kotiblari tomonidan a’lo darajada yoritilmadi yoki mas’ullar tomonidan tadbirlar tashkil etilmasdan qolmoqda, - dedi viloyat hokimi. - Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi О‘zbekiston Respublikasi qishloq xо‘jaligi xodimlari kuni sifatida belgilangan. Ammo, bayramona ruhni hali ham sezmadik. Rahbarning maslahatchisi (о‘rinbosari) maqomi berilgan Matbuot kotibi har bir holatni oldindan rahbarga yetkazib turishi kerak emasmi?

Yig‘ilish davomida hokimlar va viloyat tashkiloti rahbarlariga Matbuot xizmati rahbarlari faoliyatini viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan kelishgan holda о‘rganib, xulosa berish vazifasi topshirildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

06-12-2019 |
Foto galereya