Tadbirning maqsadi mahalla yoshlari о‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur о‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni о‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratildi.

О‘quvchilar mutolaa qilgan badiiy asarlarining mazmun-mohiyati, qahramonlar xarak­teridagi ijobiy va salbiy ji­hatlar haqida о‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qizg‘in baxs-munozaralar asosida о‘tgan kо‘rik-tanlovda birinchi о‘rin 5-maktabning 9-sinf о‘quvchisi Asal Hamdamovaga, 2-о‘rin 8-maktabning 9-sinf о‘quvchisi Firdavs Farhodov, 3-о‘rin Barchinoy Ochilovaga nasib etdi.

Tadbir yakunida kо‘rik-tanlov ishtirokchilari fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha tuman kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

SH.BOZOROVA

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

14-06-2019 |
Foto galereya