Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha Respublika kengashi О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda xalqimizning ma’naviy-adabiy merosidan boxabar va she’riyatga oshno bо‘lgan, ijodkor mahalla raislarini aniqlash va rag‘batlantirish, bu orqali mahallalarda kitobxonlik muhitni shakllantirish maqsadida “She’riyatga oshno kishi aslo kam bо‘lmaydi!” shiori ostida she’rxonlik tanlovi о‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir Muborak tumanida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar mumtoz adabiyot vakillari Yassaviy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Berdaq, Furqat, Nodirabegim, Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi savollarga javob berib, ular ijodidan namunalar о‘qishgan bо‘lsa, sо‘ng о‘zlari xohlagan mavzuda adabiy qarashlarini namoyish etishdi.

Yakunda  Muborak mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Tolib Avezov g‘oliblikni qо‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yо‘llanma oldi.

- Adabiyotga, san’atga qiziqishim odamlar bilan ishlashda ham qо‘l kelmoqda, - deydi Tolib Avezov. - Ayniqsa, janjalli vaziyatlarda, murosasizlikka duch kelganimda ikki tomonni yaxshi gap, shirin sо‘z, hikmatli jumlalar orqali murosaga keltirishga,  muammolarni bosiqlik bilan hal etadi urinaman. Bu, albatta, foyda berayapti.  

Xuddi shunday tadbir viloyatimizning boshqa hududlarida ham bо‘lib о‘tmoqda.

Shohista BOZOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

03-08-2019 |
Foto galereya