Qay shahar, qay manzilga bormang ilk e’tiboringizni kо‘cha yozuvlari, kо‘rgazmali vosita va peshlavhalar tortadi. Asta sekin ularni о‘qiy boshlaysiz. “Optom yaxna ichimliklar”, “Mi otkrilis”, “Mega fayz”, “Mega stroy”, “Chayxana”, “Zavtrak”, “Oboylar dо‘koni”, “Ledi butik”, “Mini market”, “Supermarket”, “Xleb bor”, “Har kuni zakaz osh”... Boshingiz aylanib ketishi tayin. О‘z-о‘zingizga savol berasiz: “Men qayerdaman? Ona yurtimdami?”

Tavba, bizga nima bо‘layapti. Mashhur kinofilmda aytilganidek, xо‘rozqand chet elniki desa yotib yalaydiganlarning soni tobora ortib borayotgani taajjubli. Turli xorij sо‘zlaridan yasalgan “qorishma”ni elga tortiq etayotganlar bu ishi bilan nafaqat kulguga qolayotganini, hudud husniga dog‘ tushirayotgani bilarmikin? Axir bolalikdan ongu-shuurimizga onamiz allasi bilan singgan ona tiliga hurmat hissini har bir inson, u tadbirkor bо‘ladimi, savdogar yoki dо‘kon egasimi, albatta о‘zida shakllantirishi kerak emasmi?

— Tadbirkorlikni boshlabsiz, tabriklayman. Tо‘g‘risini aytsam, dо‘kon peshtoqiga ilib qо‘yilgan nomga tushunolmadim?

— Shu kunlarda shu savolni beradiganlar kо‘paymoqda. Bu... men, о‘zim, о‘g‘lim, qizimning ismlarini bosh harfini olib shu nomni qо‘ygandek. Qaysi kuni kelib hokimiyatdan ogohlantirib ketishdi, о‘zgartiramiz. Shu paytgacha biron kishi aytmagan ekanda. Bu ishda о‘zboshimchalik qilib bо‘lmaydi, mana anglayapmiz. Almashtiramiz, uzog‘i bilan uch-tо‘rt kunda, — deydi tadbirkor.

О‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama tо‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi qarori talablari doirasida – Qashqadaryo viloyatida ishchi guruhlar tomonidan о‘rganishlar olib borilmoqda. Reklama bannerlarning joylashtirilishi va ularning qonun talablariga mos bо‘lishiga eʼtibor qaratilib, reklama tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi firmalarning rо‘yxati shakllantirildi.

Tuman(shahar) hokimliklari, Monopoliya boshqarmasi va “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan berilgan ma’lumotga kо‘ra ayni kunda viloyatda 201 ta 3 metrga 6 metr о‘lchamdagi reklama bannerlari о‘rnatilgan. Ularni davlat tili va reklama tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bо‘lishini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

Qonunga zid bо‘lgan kо‘rgazmali yozuvlar, lavhalar, peshlavhalar bо‘yicha tushuntirishlar о‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davomida о‘zini bilag‘on atab, ovozini baland qо‘yib “g‘olib kelmoqchi” bо‘layotganlar ham yо‘q emas. Tartibning bosh negizi – qonun doirasida ish yuritish.

Nimaiki tadbir qonuniydir, demak u doimiydir.

Uch kun davomida Qarshi shahrining tо‘rtta kо‘chasi bо‘ylab о‘rganish о‘tkazildi va 70 ga yaqin qonun talablariga zid kо‘cha yozuvlari bartaraf etildi. Mirishkor, Qamashi, Kitob, Kasbi tumanlarida ham nazorat tadbirlari doirasida zarur choralar belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bо‘lgan, ya’ni “Chopar” xizmati haqida ma’lumot beruvchi bannerda hazrati Bobur mirzo qо‘liga pista berib qо‘yilgani ifodalangan banner ham olib tashlandi. Nazarimizda, ajdodlar merosini asrab-avaylash va unga hurmat hissini oshirish kundalik ishimiz, yurak amri bо‘lmog‘i kerak. Bunda esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ishi – bu boradagi ishlarning natijadorligini ta’minlaydi.

Yana bir gap, о‘rganishlar davomida shu ayon bо‘lmoqdaki, har bir insonning amalga oshirayotgan ishi uning didi, fahm-farosati va ma’naviyatini kо‘rsatadi. Unga kо‘zgu tutadi. Kо‘zgular xira tortmasin.

Ziyoda Aminova

Qashqadaryo viloyati hokimining maslahatchisi

17-04-2020 | Ijtimoiy | 563
Foto galereya