Qurbon hayiti kunlari Allohning kо‘plab xayru ehsoni yog‘iladi, о‘zaro hamjihatlik, dо‘stlik va mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanadi, hamma barobar xursand bо‘ladi.

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Qurbon hayiti arafasida tadbirlar boshlab yuborildi.

Tumanda joylashgan "Chiroqchi" mahallasi dastlab homiylar yordamida kam ta’minlangan, boquvchisini yо‘qotganlarning holidan xabar olib, ularga 50 kgdan un va 200 ming sо‘m pul tarqatgan bо‘lsa, savobli ishlarni "Yuksalish" mahallasi ham davom ettirdi.

Shuningdek, tumandagi qabriston va ziyoratgohlarda ham keng kо‘lamli hashar tashkil etildi. Obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bu ishlarda kо‘ngilli fuqarolar ham о‘z hissasini qо‘shdi.

10-08-2019 |
Foto galereya