Koson tumanida 1-sektor shtab binosining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi. Yangi binoda sektor rahbari, sektor kotibi va shtab a’zolari, tibbiyot, ona va bola, oshxona, dam olish xonalari mavjud.

Shuningdek, 5 ta muhim tashabbus bо‘yicha ham binoda xonalar maxsus jihozlandi. Jumladan, birinchi tashabbusga kо‘ra, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga bо‘lgan qiziqishlarni oshirish maqsadida «Musiqa cholg‘u asboblarini о‘rgatish» tо‘garak xonasi, ikkinchi tashabbus bо‘yicha jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish uchun fitnes sog‘lomlashtirish xonasi, uchinchi tashabbus bо‘yicha kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uchun kompyuter xonasi, tо‘rtinchi tashabbus bо‘yicha kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida kutubxona va beshinchi tashabbus bо‘yicha xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik xonalari tо‘liq zamonaviy jihozlanib, yoshlarni bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlariga imkoniyat yaratib berildi.

Shu kuni mazkur yangi binoda tuman hokimi A.Boykarayev aholi uchun sayyor qabul о‘tkazdi.

Ushbu sayyor qabul davomida 86 nafar fuqaro tomonidan turli masalalarda murojaatlar bо‘ldi. 72 ta murojaat joyida hal etildi, 14 ta murojaat tegishli tashkilot va korxonalarga ijro uchun yuborildi.

Bundan tashqari, sayyor qabul jarayonida tumandagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va gaz plitalar, kitob jamlanmalari, shaxmat, futbol tо‘pi, har xil sport anjomlari berildi.

1-sektor rahbari 10 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga о‘z oylik maoshidan maktab kiyimlari va tо‘liq о‘quv qurollari olib berishni о‘z zimmasiga oldi. 812 kam ta’minlangan oila farzandlari tо‘garaklarga jalb etilib, alohida murabbiy biriktirildi. Patronaj hamshiralariga 15 ta velosiped, 100 ta patronaj sumkalari tarqatildi. 86 nafar nogironligi bо‘lgan fuqarolarga maxsus aravachalar berildi.   

 Viloyat hokimligi axborot xizmati.

30-07-2019 |
Foto galereya