2020 yil 3 yanvardagi “Qashqadaryo xotin-qizlar qо‘mitasi Respublika xotin-qizlar qо‘mitasiga yolg‘on ma’lumot yuboradimi? Respublika tanlovining viloyat bosqichi о‘tkazilmasdan g‘oliblar aniqlangan” maqolasida «Nasafnews»ning “Sizdan xabar” loyihasiga nafaqat notо‘g‘ri xabar, balki о‘z manfaati yо‘lida hech bir tubanlikdan toymaydigan ba’zi birovlardan boshqa narsalarni ham kutish mumkin.

Darhaqiqat, 2019 yil 30 dekabr kuni “Yil ayoli”, “Yilning eng yaxshi fermer ayoli”, “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli” va (yana bir tanlovni nomini hovliqib yozish eslaridan chiqibdi) “Buvijonim kiygan liboslar” tanlovlarining viloyat bosqichi bо‘lib о‘tdi.

17 dekabr kuni tadbirni о‘tkazishga ulgurmasligimizni rahbariyatga bildirib, dekabr oyini oxirida bayramona о‘tkazishga ruxsat olingan.   

Qachongacha bilib bilmay, yolg‘on yoshiqlarga ishonib, urho-ur qilib maqola chiqarasiz, “Qashqadaryo viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi kо‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichini о‘tkazmasdan, о‘zi bilgan nomzodlar rо‘yxatini Respublikaga yuborgan. Bunga ishongan Respublika xotin-qizlar qо‘mitasi aniqlanmagan g‘oliblarni viloyat bosqichida g‘olib deb topib, diplom va esdalik sovg‘alarini bergan”. Qaysi diplom, qaysi estalik sovg‘asini aytayapsiz (rasmlar ilova qildinadi), kо‘ringchi qaysi birida respublika bosqichidan berilgan diplom bor ekan, faqatgina bayram munosabati bilan Respublika xotin-qizlar qо‘mitasi E.Basitxanovaning “faol ishtiroki uchun” tashakkurnomalari berilgan.

Tadbirda Chiroqchi va Kitob tumani xotin-qizlar qо‘mitasi raislari ishtirok etmadi, lekin ikkala tumanlardan ham tanlov ishtirokchilari qatnashgan. Misol uchun Kitob tumanidan milliy о‘yinchoqlar ishlab chiqarish bо‘yicha usta hunarmand Murodova Aziza “Yil ayoli” milliy tanlovida tashakkurnoma va sovg‘a bilan, Chiroqchi tumanidan chorvachilikga ixtisoslashtirilgan fermer xо‘jaligi rahbari Berdiqulova Nasiba “Yilning eng yaxshi fermer ayoli” tanlovida faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandilar.

Yakkabog‘dan Salomova Nargiza, Shahrisabzdan Jо‘rayeva Dilorom, Mamadiyorova Yulduz, Nizamova Saodatlar “Yil ayoli” tanlovida, Koson tumanidan Aminova Dildora, Shavkatova Ruxshonabonular “Yilning eng yaxshi fermeri va eng yaxshi tadbirkor ayoli” tanlovida, “buvijonim kiygan liboslar” tanlovida Aslanova Ruxsoralar munosib taqdirlandilar. Taqdirlanganlarning rо‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin (faqatgina ba’zi tuman xotin-qizlar qо‘mitasi  raislari bundan mustasno).

“Har yilgi an’ana 2019 yilda buzilgan. Chunki muntazam ravishda faol tuman xotin-qizlar qо‘mitalari viloyat hokimligi tomonidan rag‘batlantirilib kelingan. Lekin о‘tgan yilda faqatgina 6 ta tumanga viloyat hokimligi tomonidan berilgan sovg‘alar topshirilgan”.

Bu yerda qaysi an’ana haqida gap ketayapti, demak, qaysidir bir tuman xotin-qizlar qо‘mitasi sovg‘a olmasa an’ana buzilar ekanda? О‘sha kuni Yakkabog‘ tuman xotin-qizlar qо‘mitasi “sovg‘a menga berilmadi”, deb tо‘polon qilgan edi, sovg‘a olib о‘rgangan kо‘ngil olmasa qо‘ymas ekanda?

Hurmatli  «Nasafnews» tahririyati, viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi shaffof, adolatli va  oshkora ish yuritadi, birorta tanlovlarda tanish bilishchilikga yо‘l qо‘ymagan va qо‘ymaydi ham.

Lekin eng quvonarlisi tadbirda ishtirok etgan eng chekka tumanlardan qatnashgan oddiy qishloq ayoli, fermer, tadbirkor, faol ayollar hech biri e’tibordan chetda qolmadi.

Hurmatli «Nasafnews» jurnalistlari! Sizlardan turli xil asossiz masalalarga duch kelganda maqolani chop etishdan oldin ikkinchi tomonning ham fikrlarini tinglashni, faktlarga asoslanib, xolis va ayblovlarsiz yondashishi kerakligini sо‘rab qolamiz.

Maxsuda Mustafayeva,

Qashqadaryo xotin-qizlar qо‘mitasi raisi.

 

 

04-01-2020 |
Foto galereya