О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman (shahar) bо‘limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan, nogiron va boquvchisini yо‘qotgan fuqarolarning energiya resurslaridan bо‘lgan qarzdorligini xayriya tariqasida qoplash ishlariga bosh bо‘lmoqda.

Jumladan, Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bо‘limi xodimlari tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yо‘qotgan va nogironligi mavjud 121 nafar fuqarolarning 31 293 000 sо‘mlik qarzdorliklarini tо‘lab berdi.

Shuningdek, Qamashi tumani, “Ibn Sino” MFYda yashovchi Keldiyorov Muhiddining elektr energiyasidan bо‘lgan 300 000 sо‘mlik, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi yashovchi yolg‘iz ona D.Yodgorova elektr energiyasidan bо‘lgan 150 000 sо‘mlik, Muborak tumani, "Geolog" mahallasida yashovchi Atxamov Navrо‘zning elektr energiyasidan bо‘lgan 616 000 sо‘mlik qarzi homiylik yо‘li bilan muruvvatli insonlar tomonidan tо‘lab berildi.

Bu kabi xayriya ishlari davom etmoqda.

Majburiy ijro Byurosi

Qashqadaryo viloyat boshqarmasi.

30-10-2019 |
Foto galereya