Bugungi sinovli kunlarda Qashqadaryo viloyati Yer resurslari, Davlat kadastr boshqarmasi hamda viloyat "Yermulkkadastr" Davlat korxonalari tomonidan Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘ va Dehqonobod tumanlarida istiqomat qilayotgan  kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olindi va yaqindan yordam berildi.

Xususan, turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 20 ta oilalarga bir oylik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi bilan bir qatorda, kambag‘allikdan chiqarish maqsadida ayrimlariga har kuni tuxum beradigan 15 tadan tovuq berilgan bo‘lsa, ayrimlariga sovliq qo‘y, echki yoki 5 tadan kurka kabi jonzot va parrandalar topshirildi.

Bu kabi savobli ishlar qolgan tumanlarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

29-04-2020 |
Foto galereya