Xabar berilganidek, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida  Qashqadaryo viloyati OAV rahbarlari, jurnalistlar va mashhur blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv yangidan taʼmirdan chiqqan va munosib sharoitlar yaratilgan “Jurnalistlar uyida” o‘tkazildi.

Samimiy va rasmiyatchilikdan holi ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda jurnalist va blogerlar bilan sohadagi yutuqlar, kelgusidagi rejalar va muammolar yuzasidan suhbatlashildi.

                                      Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

29-01-2021 |
Foto galereya