Joriy yilning 7 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida viloyat hokimligi hamda О‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan о‘qituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat bо‘yicha “KARSHI OPEN-2019” xalqaro turniri start oldi.
Mazkur xalqaro turnirda Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Ukraina, Ispaniya va О‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 260 nafarga yaqin shaxmat ustalari ishtirok etishmoqda. Turnir standart (klassik shaxmat) yо‘nalishida 9 turdan, “A” va “B” guruhlarda shveysarcha tizimda, FIDE qoidalari bо‘yicha о‘tkazilmoqda.
Shaxmat bо‘yicha start olgan “ KARSHI OPEN-2019” xalqaro turniri 11 avgustga qadar davom etadi va g‘olib sovrindor bо‘lgan ishtirokchilar diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.