Qashqadaryo viloyati Koson tumani viloyatda eng ko‘p davlatga g‘alla topshiradigan tuman hisoblanadi. Bu yilgi reja 62 ming 16 tonna etib belgilangan.

Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev OAV xodimlari uchun tashkil qilingan brifingda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi haqida ham maʼlumot berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, 16 iyun holatiga ko‘ra Koson tumanida 42 ming 134 tonna (70 foiz) g‘alla o‘rilib, don qabul qilish maskanlariga topshirilgan. Tuman belgilab berilgan rejani uzog‘i bilan 1 haftada bajaradi.

Maʼlumot uchun, Koson tumanida joriy yil 566 ta fermer xo‘jaligi tomonidan boshoqli don ekinlari ekilgan. 453 ta xo‘jalikda o‘rim ishlari boshlangan. 206 nafar fermer rejani bajargan.

Koson tumani hokimligi axborot xizmati

17-06-2020 |
Foto galereya