Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyevning barcha tuman, shahar va chekka qishloqlarida о‘tkazayotgan sayyor qabuli Kо‘kdala hududini ham chetlab о‘tmadi.

Hudud aholisi, tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda aholining muammo va tashvishlari tinglandi, ularni bartaraf etish choralari shu joyning о‘zida kо‘rilib, hal etildi.

- Bugun chiroy ochib borayotgan Kо‘kdala chо‘lining siri odamlarining mehnatkashligida, - deydi mahalla oqsaqollaridan biri. – “Mehnat qilgan qadr topadi”, deganlari rost ekan. Buning isboti sifatida viloyat hokimi yana Kо‘kdalamizga 300 million sо‘m mablag‘ ajratdi.

Ma’lumot о‘rnida, о‘tgan yili hududning tashqi va ichki serqatnov yо‘llarini ta’mirlashga ham 700 million sо‘m sarflangan edi.

- Dehqonchilikda “Chiroqchi tajribasi”ni boshlab bergan kо‘kdalalik mirishkorlar bu yil ham ertachi tarvuz-qovundan tashqari bodring, bulg‘or qalampiri va boshqa sabzavot mahsulotlarini ham bozorlarga birinchi bо‘lib olib chiqishdi, - deydi viloyat hokimi. – Bugungi sayyor qabulda keksa avlod vakillarining murojaati asosida ajratilgan mablag‘ hududning ichki yо‘llarini ta’mirlash va maktab о‘quvchilariga qо‘laylik yaratish maqsadida piyodalar yо‘laklarini qurish ishlariga sarflanadi.

Sayyor qabul kunlari bilan viloyat hokimligining telegramdagi rasmiy kanali (https://t.me/qashqadaryopress) orqali xabardor bо‘lib borishingiz mumkin.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Murod Komilov olgan suratlar.

17-08-2019 |
Foto galereya