Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonida kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish masalasiga kо‘plab duch kelinadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonasi va viloyat hokimligiga kelayotgan bir talay murojaatlar kо‘chmas mulk obyektlari bilan bog‘liq. Zero, mulk huquqi Konstitusiya va qonunlarimiz bilan himoya qilinadi. Ijara uylar va yotoqxonalarda yashayotganlar, uy-joysiz yurganlar va kо‘chmas mulki buzilgan insonlar kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish naqadar zarur ekanini yaxshiroq bilishadi.
Xо‘sh, kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tartibi qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi?
Ushbu masala Fuqarolik kodeksi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi "Kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi "Kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qо‘mitasining 2019 yil 11 martdagi "Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini kо‘rib chiqish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorlari va ular bilan tasdiqlangan nizomlar asosida hal qilinadi.
Shu о‘rinda, kо‘chmas mulk obyektlariga nimalar kirishiga izoh berib о‘tish zarur.
Fuqarolik kodeksida mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida kо‘chmas mulkka va kо‘char mulkka bо‘linishi, kо‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, kо‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulkllar kirishi kо‘rsatilgan. Kо‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk kо‘char mulk hisoblanadi. Kо‘chmas mulkka egalik va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga о‘tishi, cheklanishi va bekor bо‘lishi davlat rо‘yxatidan о‘tkazilishi kerak.
Shuni unutmaslik kerakki, birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqi ushbu huquqlar belgilangan tartibda davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Ikkinchidan, kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlar davlat rо‘yxatidan о‘tkazilmasdan amalga oshirilgan kо‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Endi kо‘chmas mulk obyektlari qayerda rо‘yxatdan о‘tkazilishi, uning tartibi haqida tо‘xtalsak.
Yuridik va jismoniy shaxslarning kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlari viloyat yer tuzish va kо‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar)dagi filiallarida davlat rо‘yxatidan о‘tkaziladi. Bu ishga rahbar tomonidan mas’ul shaxslar tayinlanadi. Kadastr pasportini berish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qо‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Mulkdor tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan kо‘chmas mulk joylashgan joydagi Davlat xizmatlari markaziga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali vositasida, garov xati rasmiylashtirilganda esa - kо‘chmas mulk obyektiga bо‘lgan huquqni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organga murojaat qilishi kerak. Mas’ul shaxs hujjatlar kelib tushgandan e’tiboran ikki ish kuni davomida davlat rо‘yxatidan о‘tkazishi lozim. Kо‘chmas mulk obyektiga bо‘lgan huquqni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish rad etilganda ikki ish kunida rad etish tо‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda Davlat xizmatlari markaziga yozma ravishda xabar qilinadi.
Kо‘pincha ana shu jarayonda kuzatiladigan ayrim holatlar kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish sohasidagi murojaatlarga sabab bо‘ladi. Ularga asosan yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qо‘mitasining 2019 yil 11 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining kо‘chmas mulk obyektlariga bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini kо‘rib chiqish tartibi tо‘g‘risidagi nizomdan kelib chiqib yechim topish mumkin.
Bu toifadagi murojaatlar tegishli yer tuzish va kо‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi qoshidagi doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiya tomonidan kо‘rib chiqiladi. Korxona rahbari buyrug‘i asosida tuziladigan besh kishilik komissiyaga tegishligiga kо‘ra yer tuzish va kо‘chmas mulk kadastri, qurilish va soliq idoralari xodimlari kiritiladi. Kelib tushgan murojaat 10 kun muddat ichida kо‘rib chiqilishi kerak. Murojaat yuzasidan chiqarilgan qaror bо‘yicha xulosa yoziladi. Komissiya rо‘yxatdan о‘tkazishni rad qilgan mas’ul shaxsning qarorini bekor qilishga haqlidir. Komissiyaning qarori asosida uch nusxada xulosa rasmiylashtirilib, bir nusxasi manfaatdor shaxsga berilishi kerak. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qо‘mitasi raisining qarori bilan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya xulosasidan norozi bо‘lgan shaxs 10 kun davomida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Bu turdagi murojaat ham 10 kun ichida kо‘rib chiqilishi kerak.
Prezidentning 2019 yil 5 apreldagi 4270-sonli qarori ham kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan.
Birinchidan, 2019 yil 1 sentabrdan boshlab notarial harakatlar asosida vujudga keladigan Toshkent shahrida joylashgan kо‘chmas mol-mulkka, 2020 yil 1 yanvardan boshlab viloyatlarda joylashgan kо‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat davlat notarial idorasining talabnomasiga asosan notariuslar tomonidan kiritiladi va bir vaqtning о‘zida Reyestrdan kо‘chirma beriladi. Ikkinchidan, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab uy-joyga mulk huquqini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi tijorat banklari tomonidan viloyatlar yer tuzish va kо‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kiritiladi. Uchinchidan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab kо‘chmas mulk obyektini "E-IJRO AUKSION" Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotish va rieltorlik xizmatlari kо‘rsatish natijasida vujudga keladigan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan viloyatlar yer tuzish va kо‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi. О‘zgarishlarga binoan, kо‘chmas mulk obyektiga bо‘lgan huquqni davlat rо‘yxatidan о‘tkazish tо‘g‘risida ariza yozilmaydi hamda endi rо‘yxatga olish yig‘imlari undiriladigan bо‘ldi.
Fuqarolik kodeksining 84-moddasida kо‘chmas mol-mulkka bо‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat rо‘yxatidan о‘tkazishni rad etish yoxud rо‘yxatdan о‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng kо‘lamli ishlar olib borilmoqda. Huquqiy savodxon bо‘lish esa har bir kishining о‘ziga bog‘liq. Qonunlar va qonunosti hujjatlarining kо‘chmas mulk bilan bog‘liqlarini bilish har bir fuqaroga mulkini daxlsiz saqlash imkoniyatini beradi.
Abdishukur OMONOV,
viloyat hokimligi yuridik xizmat rahbari
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida