Bu yilgi О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami tantanalari aynan shu bosh g‘oyani о‘zida mujassam etadi.

“Jonajon О‘zbekistonim, mangu bо‘l omon!” degan bosh g‘oyani о‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhini о‘zida mujassam etishi kо‘zda tutilgan.

                                                                                         

                                                                           Viloyat  hokimligi axborot xizmati

Foto galereya