Shu kecha-kunduzda Kitob tumanidagi kichik biznes subyektlari (dehqon va fermer xо‘jaliklaridan tashqari) soni 1337 tani tashkil etadi. Ammo ularning hammasi ham о‘z faoliyatini risoladagidek davom ettirayotgani yо‘q.

Xususan, davlat soliq inspeksiyasi bazasidagi ma’lumotga kо‘ra, 1 iyul holatida tumandagi 324 ta kichik biznes subyekti faoliyat kо‘rsatmasdan turibdi. Ularning 23 tasi 10 yildan, 40 tasi 5 yildan, 19 tasi 3 yildan, 192 tasi 1 yildan hamda 50 tasi 6 oydan oshiq vaqtdan buyon ishlayotgani yо‘q.

Xо‘sh, ular nima uchun ishlamayapti? О‘n yildan buyon ishlamayotgan, nomi boru о‘zi yо‘q subyektlarni saqlab о‘tirishdan kimga naf?

Bu tahlil О‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tomonidan joriy yilning 23 iyul kuni Prezident raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bо‘yicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan о‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlab о‘tildi.

Unda tadbirkorlikni rivojlantirish bо‘yicha tuzilgan ishchi guruh oldiga ishbilarmonlarning erkin faoliyat yuritishiga tо‘siq bо‘layotgan  muammolarni aniqlash, ularning tahlili natijasida zarur takliflar  ishlab chiqish vazifasi qо‘yildi. Olib boriladigan ishlar aniq tushuntirilib, vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan muayyan hududdagi yer maydonlarining "e-ijro auksion" elektron savdosiga chiqarilishi, ularga narx belgilash tartibi, buzilgan ("snos"ga tushgan) obyektlarni kompensatsiya qilish holati, qaytarilmagan kreditlar, xorijiy investitsiyalarning о‘zlashtirilishi, bо‘sh turgan bino va inshootlar, yangi ish о‘rinlarini yaratish va boshqa shu kabi holatlar tо‘liq о‘rganilib, ularning har biri bо‘yicha amaliy takliflar tayyorlanadi.

Ishchi guruh viloyatning har bir tuman (shahar)ida xuddi shu tartibda faoliyat olib boradi. О‘rganish natijalariga kо‘ra, tadbirkorlik rivojiga tо‘siq bо‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va tezkor hal etish choralarini kо‘rish belgilangan.

J.QILICHEV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

06-08-2019 |
Foto galereya