Xalq ta’limi vazirligi, “Sharq Ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi hamda Rossiyaning “Russkaya gumanitarnaya missiya” (“Rus gumanitar missiyasi”) tashkiloti tomonidan  yurtimizdagi rus tili va adabiyoti fani о‘qituvchilari о‘rtasida “Eng yaxshi rus tili о‘qituvchisi” tanlovi  о‘tkazildi.

О‘qituvchilar malakasini oshirish, rus tili va adabiyotini о‘qitishning yangi pedagogik usullarini ta’limga joriy etish, shuningdek, pedagoglarning kasbiy va kommunikativ kо‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan bu tanlovda saralash bosqichlarida avvalgi bosqichda g‘oliblikni qо‘lga kiritgan 36 nafar kishi ishtirok etdi. Ular 4 ta shart - test sinovlari, yozma ish, dars mashg‘uloti, zamonaviy AKT yordamida dars ishlanmasi tayyorlash bо‘yicha bellashishdi. Yakuniga kо‘ra, 10 nafar ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topildi.

G‘oliblar orasida Dehqonobod tumanidagi 85-sonli umumta’lim maktabi о‘qituvchisi Iqbol Aralova ham bor.

- Ushbu tanlovda bilim va mahoratimizni sinovdan о‘tkazdik, - deydi Iqbol Aralova. – Shuningdek, xorijdan kelgan mutaxassislarning tavsiyalari, о‘tkazilgan mahorat darslari, seminarlar keyingi faoliyatimizda yangiliklar kiritishimiz uchun asos bо‘ldi. Bundan tashqari, mazkur tanlov Respublikamizning turli hududlaridan kelgan hamkasblar bilan tajriba va mahorat almashish borasida ham qulay imkoniyat yaratdi.   

Tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan tanlov g‘oliblari Rossiya Federatsiyasiga besh kunlik sayohat qilish imkoniyatini ham qо‘lga kiritdilar.

 S.ALLAYOROVA

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

14-06-2019 |
Foto galereya