Qarshi shahri va Chiroqchi tumanlarida viloyat hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari о‘tkazildi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda о‘tkazgan yoshlar bilan uchrashuvida yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligini aytib о‘tgan edi.

Ayni shu maqsadda, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev hamda sektor rahbarlari 2019 yil 31 dekabr va joriy yilning 5 yanvar kunlari Qarshi shahri va Chiroqchi tumanlarida “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida ochiq muloqotlar о‘tkazdi.

Qarshi shahrida о‘tkazilgan muloqotlarda 113 nafar faol, tashabbuskor va intiluvchan yoshlar ishtirok etdilar. Ahamiyatlisi, uchrashuvda bir guruh yoshlar yuqori lavozimlarga tayinlandi.

- Viloyatimizda zamon bilan hamnafas, tashabbuskor, о‘z sohasini puxta о‘zlashtirgan yoshlar munosib ish о‘rinlariga tayinlanmoqda, - deydi viloyat hokimligi mas’ul xodimi Abror Annayev. – Qarshi shahrida о‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvidan sо‘ng 7 nafar yoshlar viloyat, tuman va shahar hokimliklari tarkibiy bо‘limlariga ishga qabul qilindi.

Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Chiroqchi tumanining “Chiyal” qishlog‘ida о‘tkazildi.

Chiroqchi tumanida о‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuviga ish izlayotgan va chet elda ish topish istagida bо‘lgan yoshlar jalb qilindi. Joriy yilda tumanda 24 ta qurilish obyektlari loyihalariga 500 nafardan ortiq ishchilar qamrab olinadi, mazkur qurilishlarda qо‘lida hunari bor yoshlar barqaror maosh va ish bilan ta’minlanadi.

Ta’kidlash kerak, tegishli tashkilotlar ishtirok etgan uchrashuvda 5 nafar oliy ma’lumotga ega yoshlar viloyat sport boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bо‘limi, tuman hunarmadchilik uyushmasi, va tuman arxitektura boshqarmalariga yо‘naltirildi. 40 nafardan ortiq yoshlar esa 24 ta qurilish obyektlari loyihalariga jalb qilinib, ishga qabul qilinishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi va sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

06-01-2020 |
Foto galereya