Qashqadaryolik shifokorlar endi Stavropolda malaka oshirishadi va hamkorlikda innovatsion, yuqori texnologiyali  jarrohlik amaliyotlarini bajarishadi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy bо‘linmasi, viloyat kо‘p tarmoqli tibbiyot markazi  va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universiteti  о‘rtasida  hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu maqsadda, viloyat kо‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Tо‘lqin Rasulov va О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi viloyat hududiy bо‘linmasi raisi Shoira Nabiyeva joriy yilning 23-28 sentabr kunlari mazkur universitetda bо‘lishdi. 

- Memorandumga asosan shifokorlar malakasini oshirish  jarayonida sifat va samaradorlikni ta’minlash, bu borada Stavropol davlat tibbiyot  universiteti  professor-pedagoglari tomonidan viloyat kо‘p tarmoqli tibbiyot markazida sayyor о‘quv kurslarini о‘tkazish, shuningdek, rejali ravishda innovatsion,  yuqori texnologiyali  jarrohlik amaliyotlarini  bajarish, tibbiyot oliy о‘quv yurtlarini bitiruvchi yoshlar malakasini Stavropolda  klinik ordinatura va magistratura yо‘nalishlarida oshirish, mutaxassis shifokorlar  tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hamkorlikda  ilmiy–amaliy konferensiyalar hamda davra suhbatlari о‘tkazish belgilandi, - deydi Tо‘lqin Rasulov. - Bularning barchasi viloyat aholisiga kо‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga olib keladi. 

Joriy yilning sо‘nggi choragi davomida markaz tomonidan nevropatolog, nefrolog, otorinolaringolog, xirurg-laporoskopist vrach mutaxassislarni malaka oshirishga yuborish va kelgusi yilning birinchi choragida Qarshida sayyor sikl tashkil etish mо‘ljallanmoqda.

 Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

03-10-2019 |
Foto galereya