“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi.

О‘tkazilgan tadbir Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga bag‘ishlandi.

Tadbirda ishchi-xodimlar farzandlarining ham ishtirok etishi yig‘ilganlarga о‘zgacha zavq bag‘ishladi. Ishchi-xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida о‘tkazilgan bellashuvda qatnashgan barcha ishtirokchilar kitoblar tо‘plami bilan, faxrli о‘rinlar sohiblari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

AJ matbuot xizmati.

02-03-2020 |
Foto galereya