О‘zbekistonda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bо‘yicha о‘zining kо‘lami va miqyosiga kо‘ra misli kо‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda Havo hujumidan mudofaa qо‘shinlari va Harbiy havo kuchlarini yanada takomillashtirish, harbiy uchuvchilarning professionallik darajasini oshirish, aviatsiya hamkorligidagi dala-о‘quv mashg‘ulotlarini real vaziyatlarga yaqinlashtirgan holda olib borish va uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish bо‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.
О‘tgan yili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida, Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromiga tashrif buyurib, harbiy aerodrom uchuvchilari bilan muloqot о‘tkazgan edi.
Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromi 10329-sonli harbiy qism tashkil etilganligining 70 yilligi (1949-2019 yy) munosabati bilan mazkur harbiy qism yubiley tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Xonobod harbiy aerodromida besh turdagi samalyotlar va markazda uchuvchining ramziy haykali joy olgan musaffo osmon ostidagi ochiq muzeyining tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Tadbir jarayonida Qashqadaryo viloyatining о‘ziga xos jihatlari aks ettirilgan kо‘rgazmalar va kitob yarmarkalari tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat hokimi, harbiy - ma’muriy sektor rahbari Zafar Ruziyev va Xonobod aerodromi tashrif buyurgan mehmonlar nutq sо‘zlashdi.
Qarshi shahri yaqinida joylashgan Xonobod aerodromida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugidagi Havo hujumidan mudofaa qо‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismda amaliy parvoz mashqlari о‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotlarda ham mahoratli uchuvchilar amaliy kо‘nikmasini mustahkamlab, milliy armiyamiz jangovar shayligi va qudratini oshirishga, samo sarhadlarimiz musaffoligini ta’minlashga doim jangovar shay ekanligini isbotlashdi.
Global Firepower ekspertlari о‘tkazgan tadqiqotga kо‘ra, О‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi rо‘yxatiga kiritilgan va Markaziy Osiyodagi harbiy qudrati eng yuqori davlat hisoblanadi.
Badiiy jamoalar va voha san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbirda ishtirok etayotganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Suratlarni Murod Komilov olgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati .