Giyohvandlik savdosiga chek qо‘yildi

Giyohvandlik savdosiga chek qо‘yildi

Qarshi shahrida olib borilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik savdosiga chek qо‘yildi. Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi kafe yonida fuqaro S.A. ikki dona gugurt qutiga joylangan 6,3 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 300 ming sо‘mga pullayotgan vaqtida tо‘xtatib qolindi.

Uning kо‘rsatmasi asosida tadbir davom ettirilib, Koson tumanida istiqomat qiluvchi Y.Y.ning yashash xonadoni kо‘zdan kechirilganda, uydagi divan va kо‘rpacha orasida qog‘ozga о‘ralgan marixuana giyohvandlik vositasi noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgani ma’lum bо‘ldi.

Viloyat bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bо‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.