Hisorak suv ombori

Kо‘l qishlog‘iga yetgunga qadar bо‘lgan manzilda joylashgan Hisorak suv ombori ayni kunda о‘zgacha qiyofa kasb etgan. Mahalliy aholi bergan ma’lumotga kо‘ra, uzunligi qariyb 4 kilometr masofani tashkil etuvchi mazkur suv ombori Sharof Rashidov davrida qurib bitkazilgan bо‘lib, chuqurligi 138 metrni tashkil etadi.

Kо‘l qishlog‘i Hojiak va Hazrati Sulton tog‘lari о‘rtasida joylashgan bо‘lib, ilgari kо‘l bо‘lgan. Qishloq nomi shuning uchun ham Kо‘l deb nomlangan.

Hazrati Sulton tog‘i

       Hazrati Sulton ziyoratgohi Kо‘l qishlog‘idan 18 kilometr masofada bо‘lib, dengiz sathidan 4646 metr balandlikda joylashgan. Tog‘ bag‘rida hali-hamon oppoq qor bor.

Hojiak tog‘i

        Qishloq tabiatining yam-yashilligi kishida Kо‘lda xuddiki endigina Bahor kelgandek taassurot uyg‘otadi. Haligacha sarg‘ayishga ulgurmagan о‘t-о‘lanlar, daraxtdagi dovuchchalar kishini chalg‘itishi tabiiy. Ajablanarlisi, rizq-rо‘zimiz — bug‘doy endigina boshoqqa о‘tirgan.

1300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu qishloq ahlining asosiy daromadi kartoshkadan. Ayni kunda dalada ish qizg‘in. Kartoshka begona о‘tlardan tozalanmoqda. Hayratlanarlisi, xalq rizqi bо‘lmish kartoshka hatto toshlar orasidan ham bо‘y chо‘zib, hosil berishga shaylangan. Ayollar dala ishlari bilan band.

Tong azonlab non yopayotgan onaxon, sal narida esa gilam tо‘qiyotgan ayollarni kо‘rib, ularni suhbatga chorladik.

70 yoshli Navrо‘z momo Xolovaning ma’lumot berishicha, qishloq ahli deyarli bozordan gilam sotib olmaydi. О‘zlari qо‘l mehnati bilan gilam tо‘qib, ehtiyojini qondiradi. Tо‘quvchi ayollar 8 metrlik gilamni 8 kunda tо‘qiydi.

Toshtegirmon

"Ziyonews.uz"  ma’lumotlaridan foydalanildi..

17-07-2019 |
Foto galereya