Shu kecha-kunduzda Yakkabog‘da buzilish-qurilish haqida sо‘z ketsa, tuman rahbarlari bir sakrab olishi turgan gap. Chunki tadbirkorga tegishli mulkni qonunga zid tarzda buzishga urinish ortidan bir qancha mahalliy rahbarlar lavozimdan olinganiga hali kо‘p vaqt bо‘lmadi.

Ammo biz hozir О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi "2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida"gi qarori  hamda  О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tuman markazidagi "Istiqbol" dehqon (oziq-ovqat) bozorida  olib borilayotgan rekonstruksiya va bunyodkorlik ishlari xususida tо‘xtalmoqchimiz.

- Ushbu bozor bundan 40 yil avval qurilgan bо‘lib, bugungi davr talabiga javob bermay qolgan, - deydi bozor rahbari Asliddin Hakimov. - Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini sotishga kelayotgan dehqonu tadbirkorlar hudud kichik bо‘lgani sababli kо‘chada, aholi harakatlanadigan yо‘laklarda va bozor atrofida savdo qilishga majbur bо‘layotgandi. Qolaversa, obyekt yong‘in xavfsizligi,  favqulodda  holatda texnikalarning kirib-chiqishi  va sanitariya qoidalari talablariga javob bermay qolgandi.

Yuqoridagi suratda kо‘rib turganingiz - bozorning bugungi manzarasi. Keyingisi esa yangilanajak bozor loyihasi. Undan kо‘rinadiki, kо‘p о‘tmay eski, zamon talablariga javob bermaydigan bozor о‘rnida yirik zamonaviy savdo majmualari qad rostlab, kо‘rgan kо‘zni quvontiradi. Eng muhimi, olib borilayotgan qurilish ishlarida obyektning yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga tо‘liq mos bо‘lishi inobatga olingan. Mavjud avtomobil tо‘xtash joyi esa zamonaviy usulda barpo etiladi.

- Bozorimiz chiroyli, ozoda bо‘lsa, bizga ham yaxshi, - deydi tadbirkor Abdurahmon Hakimov. - Hozir savdo dо‘konlarimizning hajmi kichkina. Mahsulotlarimiz dо‘kon ichiga sig‘magani sababli rastalarni tashqariga  ham yoyib  qо‘yishga  majburmiz. О‘ylaymanki, yangi quriladigan bozorda bu  kabi  muammolar bо‘lmaydi.

Shohista BOZOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

06-08-2019 |
Foto galereya