Jinoyat ishlari bо‘yicha G‘uzor tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Chori Eshonqulovga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Gap shundaki, 2018 yilning 16 sentabr kuni Majburiy ijro byurosi G‘uzor tumani bо‘limi davlat inspektorlari tumandagi Dо‘ltali qishlog‘ida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida shu qishloqda yashovchi Chori Eshonqulov yashash xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanayotganini aniqlashadi. Ushbu qoidabuzalik natijasida ta’minotchi korxona foydasiga 1 million 780 ming sо‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bо‘ladi.

Shunga kо‘ra, fuqaro О‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeks 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgani uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

О‘rgangan kо‘ngilning о‘rtanishi sababmi, CH.Eshonqulov tegishli xulosa chiqarish о‘rniga qoidabuzarlik harakatlarini davom ettiradi. Xususan, elektr energiyasidan о‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani yetmaganday aybini tan olish о‘rniga davlat inspektoriga keskin qarshilik kо‘rsatadi va uni belkurak bilan urib, sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazadi.

Qilmishiga yarasha Ch.Eshonqulov endi 1 yilu 6 oy axloq tuzatish jazosini о‘taydigan bо‘ldi.

B.XUJAMURATOV, 

Majburiy ijro byurosi ichki xavfsizlikni ta’minlash

boshqarmasi bosh inspektori

A.NIYOZOV,

byuroning viloyat boshqarmasi katta inspektori

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

31-05-2019 |
Foto galereya