О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi № PP-3610 sonli qarorining ijrosi doirasida ENTER Engineering kompaniyasi "Nasaf" klubi bilan qiymati 10 milliard sо‘mni tashkil etadigan, 2020 yil sо‘nggiga qadar mо‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda ENTER Engineering matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘lar "Nasaf" klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, о‘quv-mashg‘ulot jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek, futbolni keng aholi о‘rtasida ommalashtirish va targ‘ib qilish uchun yо‘naltiriladi.

"Nasaf" jamoasi rahbariyati о‘z futbol maktabi bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida legioner futbolchilardan voz kechishga qaror qildi.

Ta’kidlash lozimki, ayni vaqtda qarshiliklarning 12 nafar futbolchisi О‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi sanaladi. "Nasaf" bugungi kunda О‘zbekistonning eng kuchli va eng mashhur klublaridan biri hisoblanadi.

Ahror Sodiqov, Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

 

17-10-2019 |
Foto galereya