Dehqonobodlik tadbirkor Tо‘lqin Rasulov tumanda limon yetishtirib, xorijga chiqarish niyatida ish boshladi. Tadbirkor shu maqsadda 1 gektar yerga limon ekyapti. Issiqxona tashkil qildi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
- “Oydin Oxunovna” xususiy korxonasi rahbari Tо‘lqin Rasulov issiqxona tashkil etish uchun 130 ming dollar kredit olib, ish boshladi, - deydi tuman hokimi о‘rinbosari Abdumajid Eshatov. — Tadbirkor nafaqat mahalliy bozorni ta’minlamoqchi. Mahsulotlarini hatto xorijga ham eksport qilish niyatida.
Aytilishicha, tadbirkor amalga oshirayotgan ishdan о‘rnak olgan boshqa tadbirkor ham 1 gektar yer-maydonda issiqxona tashkil etish ishlarini boshlab yuborgan.
- Tadbirkor Tо‘lqin Rasulovning 1 gektarlik issiqxonasidan tashqari yana bir gektar yer maydonida issiqxona tashkil etilayapti, - deydi Abdumajid Eshatov. — Biz esa tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlashda davom etamiz.