Mamlakatimizda ta’lim tizimida xususiy sektorining ishtirokini oshirishga qaratilayotgan e’tibordan ruhlangan dehqonobodlik tadbirkor Abduhalim Egamberdiyev tuman markazida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi bog‘cha tashkil etdi.

125 о‘ringa mо‘ljallangan mazkur muassasa rus tiliga ixtisoslashgan bо‘lib, u tumandagi birinchi bunday bog‘cha hisoblanadi.

- Muassasaga 10  nafar malakali tarbiyachi jalb etilgan, - deydi bog‘cha mudirasi Malohat Egamberdiyeva. - Bolajonlarga ingliz va rus tillaridan boshlang‘ich saboq berish yо‘lga qо‘yilgan. Shuningdek, musiqa va badiiy gimnastika tо‘garaklari ishlab turibdi.

Bog‘cha faoliyatini tо‘liq yо‘lga solgan tadbirkor endi nodavlat boshlang‘ich maktab ham tashkil etish harakatida.

Foto: Sobir NARZIYEV.

Foto galereya