Davlat mukofotlari о‘z egalariga topshirildi (foto)

Davlat mukofotlari о‘z egalariga topshirildi (foto)

Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qо‘shgan, о‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Viloyat hokimligida ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev mukofotlarni qabul qilib olish uchun hozir bо‘lgan vohadoshlarimizni xalqimiz va davlatimiz rahbariyatining yuksak e’tirofiga sazovor bо‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etarkan, yurtimizda inson sha’ni, qadr-qimmati yuksak qadrlanishi, mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatan taraqqiyoti, sog‘lom avlod tarbiyasi, yurt ravnaqi yо‘lida fidoyilik kо‘rsatayotgan yurtdoshlarimizning mehnati hech qachon e’tibordan chetda qolmasligini alohida ta’kidladi.