Chiroqchida “Mustaqillik mas’uliyat demakdir”, “Korrupsiya jamiyat kushandasi” "Axborot manipulyatsiyasi: maqsad va oqibat" hamda “Bugunning rahbari qanday bо‘lmog‘i kerak” mavzularida seminar-trening bо‘lib о‘tdi.

13-avgust kuni viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari B.Mamatqulov hamda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor о‘qituvchilari CH.Temirova, N.Ismoilov va S.Murtozovalar tomonidan tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan seminar-treningda  mahalla raislari, korxona, tashkilot va muassasasa rahbarlariga mutaxascislar tomononidan fuqarolar bilan qanday muloqotda bо‘lish misollar orqali tushuntirib berildi.

Shuningdek, tadbirda ayrim rahbarlarda boshqaruv madaniyatiga yetarli e’tibor qaratilmayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjud emasligi tanqid ostiga olindi. Rahbarlarning taklif-mulohazlari tinglanib, savollarga javob qaytarildi.

                                                        Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmati

14-08-2019 |
Foto galereya