Ozarbayjonning Baku shahrida shu yili 8-9 fevral kuni mental arifmetika bо‘yicha “Caspian Cup - 2020” musobaqasi bо‘lib о‘tdi. Quvonarlisi mazkur musobaqada qatnashgan qashqadaryolik 8 nafar ishtirokchi barcha yо‘nalishlarda zafar quchishdi.
Viloyat hokimi Z.Mirzayev Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi maktabda yosh chempionlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda musobaqada zafar quchgan yoshlar va ularning ota-onalari viloyat rahbari tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Quyida taqdirlangan aqliy arifmetika Xalqaro tanlovi g‘oliblari va ularning ota-onalari rо‘yhati bilan tanishishingiz mumkin.
- Lutfullo Ulug‘bekov, 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf о‘quvchisi, Super chempion – 3 mln sо‘m (otasi – Nuriddinov Mahmud, onasi – Nazarova Xurshida);
- Xushnudbek Xushvaqtov, 9-maktab 4-sinf о‘quvchisi, Super chempion – 3 mln sо‘m (onasi – Xudayqulova Shahzoda);
- Muslimbek Hazratqulov, “Ilm-Ziyo” xususiy maktabi 2-sinf о‘quvchisi, 1-о‘rin – 2 mln 500 ming sо‘m (otasi – Berdiyev Jamshid, onasi – Jо‘rayeva Xurshida);
- Asilbek Karimov, 8-maktab 4-sinf о‘quvchisi, 1-о‘rin – 2 mln 500 ming sо‘m (otasi – Karimov Xamdam, onasi – Raxmatova Yulduz);
- Mumtozbegim Rustamova, 5-maktab 1-sinf о‘quvchisi, 2-о‘rin – 2 mln sо‘m (otasi – Rustamov О‘ktamjon, onasi – Rustamova Xusnora);
- Lazizbek Eshmirzayev, 23-maktab 3-sinf о‘quvchisi, 2-о‘rin - 2 mln sо‘m (otasi – Eshmirzayev Farhodjon, onasi – Temirova Latofat).
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
18-02-2020 |
Foto galereya