Mamlakatimizda ayni sinovli kunlarda aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham bu kabi xayrli ishlarga qo‘l urilib, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.

Kuni kecha, boshqarma rahbariyati va bo‘lim boshliqlari tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi bayrami arafasida tizimda ko‘p yillar mehnat qilgan va hozirda nafaqada qarilik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlar hamda mehrga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Guruh aʼzolari Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi va hozirda nafaqada bo‘lgan Ravil Buxarmetov va Shoxida Eshonqulovaning xonadonlariga tashrif buyurib, bayram bilan tabriklashdi. Ko‘p yillar davomida bojxona boshqarmasida qorovul va xizmat xonalari farroshi bo‘lib ishlagan bu otaxon va onaxon, o‘zlarining halol mehnati va fidoyiligi bilan bojxona xodimlari hamda el orasida obro‘ qozongan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda aynan bojxona boshqarmasidan nafaqaga chiqqan yuzdan ziyod insonlar viloyatimizning turli hududlarida umrguzaronlik qilmoqda. 

Bayram arafasida o‘tkazilgan ushbu xayrli tadbirda o‘nga yaqin xonadonlarga borilib, bayram sovg‘asi va kerakli oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. 

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Axborot xizmati

29-08-2020 |
Foto galereya