Bugun insoniyat uchun sinov deb atalayotgan kasallik katta-yu kichikni birdek tashvishga solayotgani rost. Har kuni kasallanganlar soni oshib borayotgan bir paytda biz bu ofatni oldini olishga tayyormizmi?

Qarshi shahrida о‘tkazilgan tadbir orqali ana shu savollarga javob topgandek bо‘ldik. Viloyat hokimining chora tadbirlar rejasiga muvofiq aholi yashash manzillari, kо‘chalar, bozorlar va kо‘p qavatli uylar atrofi va yо‘laklarini dizenfiksiyalash maqsadida har biri 5 tadan purkagich aparatlari bilan ta’minlangan 62 ta mahsus guruhlar tashkil qilindi. Dizenfiksiya ishlari uchun 3 tonna xlor, 700 dona mahsus himoya kiyimlari, 310 ta purkagichlar va 40 dona kichik suv idishlari tо‘plandi. Viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish nuqtalari kafe, bar va tо‘yxonalarning faoliyatini tо‘xtashishni nazorat qilish va tezroq qonuniy choralarni kо‘rish maqsadida, viloyat sanitariya nazorati inspeksiya tasarrufiga 20 dona Damaslar ajratildi. Kam ta’minlangan oilalarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida 441 ta oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyenik vositalar tayyorlandi va ertadan boshlab ular harbiylar tomonidan tarqatib chiqiladi. Zarur iste’mol mahsulotlari narhi oshib ketishini oldini olish maqsadida kо‘rilayotgan chora tadbirlar atroflicha tushuntirildi.

Tadbirda ishtirok etar ekanman bir narsani har birimiz sog‘ligimizni asrashga beparvo bо‘lmasligimiz lozimligini angladim. Zero bugungi kunning asosiy talabini bajarish ya’ni о‘z uyimizda о‘tirishimiz bilan kо‘plab havfning oldini olgan bо‘lamiz. Bir kishining beparvoligi о‘z oilasi va yaqinlari uchun juda qimmatga tushishi mumkin. О‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang aziz yurtdoshlar. Uyda qolaylik, Biz uchun ular ishlaydi.

                                                                                                                                                   Usmon  Nusurov

31-03-2020 |
Foto galereya