Barcha uchun birdek sevimli Yangi yil bayrami asosiy tantanalari viloyat markazining uch hududida о‘tkaziladi. Bunda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, bо‘sh vaqtini mazmunli va maroqli о‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratishga asosiy e’tibor qaratilgan.
- Bayram esda qolarli bо‘lishi uchun barcha chora kо‘rildi, archalar yasatilib, qо‘shimcha bezak va dekoratsiyalar о‘rnatilayapti, - deydi Qarshi shahar hokimi о‘rinbosari Alisher Nasimov. - Balandligi 30 metrdan oshadigan markaziy archa viloyat musiqali drama teatri oldida qad rostladi. Shuningdek, temir yо‘l vokzali va Odina masjidi yonida 20 metrli archalar о‘rnatildi. 23 dekabrdan turli kо‘ngilochar tadbir va loyihalar boshlanib, 10 yanvarga qadar davom etadi. Teatr va folklor jamoalari, estrada xonandalari chiqishlari, "Quvnoqlar va zukkolar" tomoshalari barchaga quvonch ulashishiga shubha yо‘q.
Qayd etish lozim, korxona va tashkilotlarda ham bayram shukuhi hukmron bо‘lishi uchun viloyat hokimligi tomonidan "Eng yaxshi yangi yil manzarasi" tanloviga start berildi.
NASRIDDIN