Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev chekka hudud aholisini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini о‘z kо‘zi bilan kо‘rish, shuningdek, turmushida duch kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ochiq muloqotlar о‘tkazmoqda.

Navbatdagi muloqot Dehqonobod tumanining olis qishloqlaridan biri “Boyqо‘rg‘on” QFYda bо‘lib, aholi bilan muloqot о‘tkazdi.

Viloyat hokimi qishloq aholisining muammolariga yechim topish barobarida, dehqonobodliklarga hurmati cheksiz ekanligini ta’kidlab, dehqonobodliklarni chin dildan yaxshi kо‘rishini va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida har qanday amaliy yordamga tayyorligini ta’kidladi.

- Viloyat hokimi kelib, eng katta tashvishimizdan xalos etadigan bо‘ldi, - deydi qishloq faollaridan biri. – Qishlog‘imizdagi "Nurli kelajak" mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammo - talabga javob bermayotgan simyog‘ochlar о‘rniga 60 dona simyog‘och о‘rnatiladigan bо‘ldi.

Bu hali hammasi emas. Qishloq oqsoqollaridan biri Tо‘ramamad boboni aytishicha, bu kabi samimiy va hojatbaror muloqot ilk bor о‘tkazilishi.

Tо‘ramamad boboni aytishicha, viloyat hokimi qabulida bо‘lgan qishloqdoshi Normurod Ibotov joriy yil iyul oyida 15 bosh echki va molxonasi yonib ketganini aytib, hokimdan yordam sо‘ragan. Viloyat rahbari fuqaroga yordam berish maqsadida bank rahbarlariga 20 million sо‘m chorva krediti berilishida kо‘mak berishlarini tayinlab, viloyat hokimligidan 40 dona shifer yordam qilinishini va’da berdi.

Shuningdek, aholining yо‘l, kо‘prik, tibbiyot sohasiga doir muammolar tinglanib, “G‘injak” qishlog‘i aholisi uchun 2 km asfalt yо‘l, kо‘prik ta’miri uchun 5 million sо‘m mablag‘ ajratiladigan bо‘ldi.

2002 yilda tug‘ilgan I guruh nogironi Nodir Normamatov hamda 66 yoshli Qudrat bobo Dо‘sanovlarga nogironlik aravachasi topshirildi. 

Muloqot davomida qishloqga olib boradigan va ichki yо‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ichimlik suvi muammosi, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash hamda qish oylarida suyultirilgan gazni о‘z vaqtida yetkazib berish kabi bir qator masalalarga aniqlik kiritilib, bartaraf etish choralari kо‘rildi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

21-08-2019 |
Foto galereya