Viloyat qо‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi bolalar va kattalarga  mо‘ljallangan "Tafakkur sohibi - Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli spektaklni sahnalashtirdi.

Kuni kecha viloyat musiqali drama teatrida ushbu sahna asari namoyishi bо‘lib о‘tdi.

- Tarix - oyna, unga qaragan kishi о‘zini, tomirlarida oqayotgan qonni, ajdodlari qudratini kо‘radi va ularga munosib bо‘lish mas’uliyatini his qiladi, - deydi sahnalashtiruvchi rejissyor G‘ayrat Hamroyev. - Bobur hayoti sarguzashtlarga boyligi bilan hamisha meni о‘ziga tortardi. Uzoq yillar davomida uning hayot yо‘lini о‘rgandim, ibratli voqealarni tо‘plab yurdim. Qarshi davlat universitetining boburshunos olimlari bilan maslahatlashib, spektaklni tayyorladik.

Asarda voqealar rivoji Hindiston, Andijon va Samarqandda bо‘lib о‘tadi. Yurt ishqi, Vatan sog‘inchi qiynayotgan shoh Bobur Hind diyorida dilini xufton qilgan har qanday voqea-hodisaga  aql-idrok, bosiqlik bilan yondashadi. Musofirchilikdagi azoblariga ona Vatanda kechgan iliq xotiralari bilan malham qо‘yadi. Sahna bezaklari ham voqealar rivojiga qarab, hind yoki о‘zbek qadriyatlariga mutanosib tarzda о‘zgarib boraveradi. Qо‘g‘irchoqlarning liboslari, kuy-qо‘shiqlar mohirlik bilan tanlanganki, bu bilan yosh tomoshabin voqealarni tо‘laroq anglaydi.

- Bobur bolaligida ham juda aqlli bо‘lgan ekan, - deydi о‘n yoshli Ziyoda Ibrohimova. - Uning ustozi bilan suhbati jarayoni menga yoqdi.

Spektakl yangi о‘quv yili boshlanishi bilan viloyatimizdagi maktablarda namoyish etilishi kо‘zda tutilgan.  

Z.NAZIROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

31-07-2019 |
Foto galereya