Toshkent shahrida 7 yoshdan 17 yoshgacha bо‘lgan maktab о‘quvchilari о‘rtasida Osiyo chempionati bо‘lib о‘tdi. Unda viloyatimizdan 8 nafar о‘quvchi milliy terma jamoa tarkibida ishtirok etdi.
Chempionatga dunyoning 21 davlatidan kelgan yosh shaxmat ustalari bahs olib borishdi.
- Shogirdlarim Eron, Hindiston, Mongoliya, BAA, Shri-Lanka kabi davlatlarning kuchli sportchilari bilan shaxmat о‘ynadi, - deydi murabbiy Nargiza Saidova. - О‘zbekiston sharafini himoya qilgan milliy terma jamoamiz musobaqada jami 48 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, shulardan 6 donasi viloyatimiz vakillari hissasiga tо‘g‘ri keladi.
Umidli shaxmatchilarimizdan 7 yoshli Shahzod Islomov "blits" yо‘nalishida oltin, "rapid" yо‘nalishida kumush medalni qо‘lga kiritib, ikkinchi marotaba Osiyo chempioni bо‘ldi. Davron Sharipov "blits", "rapid" va "standart" yо‘nalishlarining har uchalasida bronza, Abdumalik Abdusalimov esa "blits"da oltin medalni qо‘lga kiritdi.
- Z.NAZIROVA
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida