Viloyat musiqali-drama teatrida Uzeir Gadjibekovning "Arshin mal alan" musiqali komediyasi О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi Bahodir Nazarov talqinida sahnalashtirilib, namoyish etildi.

Uzeir Gadjibekov Ozarbayjon xalqi madaniyati va san’ati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan insondir. U о‘z zamonasining yetuk musiqashunos olimi, cholg‘uchisi, bastakori, bir sо‘z bilan aytganda, san’at fidoyisi edi.

Ayniqsa, Uzeir Gadjibekovning nomi san’at muxlislariga "Arshin mal alan" musiqali komediyasi orqali yaxshi tanish. Yuzlab tillarda sahna yuzini kо‘rgan va barcha xalqlarga birday manzur bо‘lgan bu asar mavzu jihatdan ham umuminsoniy bо‘lgan muhabbatni madh etar ekan, u vaqt о‘tgani sayin о‘z jilosini yо‘qotmaydi, aksincha, yanada sayqal topib boraveradi.

Asarning viloyat musiqali-drama teatri ijodkorlari tomonidan о‘zbekcha talqinda sahnalashtirilishiga asos bо‘lgan jihat ham undagi millatlarimizga xos bо‘lgan an’ana va urf-odatlarning umumiyligi, oila, vafo va sadoqat tushunchalarining oliy qadriyat sifatida kuylanganligidir. Spektaklda о‘zbek qizlarining ibo hayosi, qadimiy va asriy an’analarimiz, yoshlarning ota-onalar rayiga qarshi bormasdan muhabbat qasrini qurishlik masalalari komik ruhiyatda musiqiy jarangdorlikdagi ozarbayjoncha mug‘omlar orqali aks ettirilgan.

Spektaklda rollarni viloyat musiqali-drama teatrining iqtidorli aktyor va aktrisalari ijro etishdi.

Sobir NARZIYEV

Muallif olgan suratlar.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

14-06-2019 |
Foto galereya