Abituriyent-2019. Qashqadaryodagi oliy о‘quv yurtlari vaziyat bо‘yicha izoh berdi. Kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Abituriyent-2019. Qashqadaryodagi oliy о‘quv yurtlari vaziyat bо‘yicha izoh berdi. Kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Qarshi davlat universitetida 2019-2020 о‘quv yili uchun qabul О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-4319-sonli qarori hamda boshqa qaror va farmonlar asosida tashkil etilgan. Universitetda bakalavriat ta’lim yо‘nalishi kunduzgi bо‘limida qabul  О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarorining 15-bandida kо‘rsatilgan 2019 yil 15 iyundan boshlanib va 2019 yil 15 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bо‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar alohida iqtidor talab etiladigan yо‘nalishlarda– musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va unga turdosh bо‘lgan yо‘nalishlarda tashkil etiladi. Kunduzgi bakalavriat ta’lim shakli bо‘yicha 37 ta yо‘nalishda jami 2080 ta kvota  ajratilgan. Shundan, 460 ta grant, 1620 tasi tо‘lov-shartnoma.

Sirtqi ta’lim shakliga 13 ta yо‘nalishga  jami 830 kvota ajratilgan. Hammasi tо‘lov-shartnoma asosida. Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha bо‘lgan muddatda о‘tkaziladi. Hujjatlar 1-iyuldan 15-iyulgacha qabul qilinadi. 

Magistratura ta’lim shakliga 18 ta yо‘nalishga jami 116 ta kvota ajratilgan. Shundan, 61 tasi  grant asosida, 55 tasi tо‘lov-shartnoma asosida. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. 

Hozirgi kunda abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish uchun universitetning  uchta binosi ajratilgan bо‘lib, bu binolarda jami 170 nafar texnik-operatorlar faoliyat olib bormoqda. Abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida universitet Axborot resurs markazida qо‘shimcha 50 ta kompyuter ish jarayoniga jalb qilindi. Ish vaqti ertalab soat 600  kech soat 2000gacha tashkil etilgan. Joriy yilning 10 iyuliga qadar 27920 nafar  abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi. Kunlik hujjat qabul qilish bо‘yicha universitet respublikada yetakchi о‘rinda bо‘lib, bir kunda 6000 nafardan ortiq  abituriyenlarning hujjatlari qabul qilinmoqda. Xususan, 2019 yilning 9 iyul kunida 5510 nafar, 10 iyul kuni 6069 nafar abituriyentlarning hujjatlari qabul qilindi. Bugun ya’ni, 11 iyul kuni soat 1000gacha esa 2020 nafar abituriyentlarning  hujjatlari qabul qilindi.

Universitetda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular uchun maslahat markazi, ovqatlanish shahobchasi, salqin ichimliklar shahobchasi, birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish xonalari va kutish joylari tashkil etilgan. Kutish joylarida 20 dan ortiq soyabonlar о‘rnatilgan, shuningdek, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun Axborot resurs markazida gazeta, jurnal va badiiy kitoblar mutolaa uchun hozirlab qо‘yilgan.

Bu yil ilk bora talaba bо‘lish uchun hujjat topshirdim deydi,- Kasbi tumanidan tashrif buyurgan Shahlo Bobojonova. - Abituriyentlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan ekan. Hujjat topshirishim uchun 10 daqiqa vaqt ketdi. Sirayam muammoga duch kelmadim. Xudo xoxlasa joriy yilda Qarshi davlat universiteti talabasi uchun harakat qilaman.

Qabul jarayonlari davom etmoqda.

 

2019 yil 17 iyun kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019/2020 о‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risdagi PQ-4359 qarori tasdiqlandi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti uchun

a) bakalavrlar tayyorlash bо‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga- 1715 nafar (27 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha),  shundan 460 nafari  davlat grantlari asosida, 1255 nafari esa tо‘lov-shartnoma asosida (1-ilova).

b) sirtqi ta’lim shakliga -350 nafar (16 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha) (2-ilova).

s) magistrlar tayyorlash bо‘yicha - 76 nafar (14 ta mutaxassislik bо‘yicha), shundan 54 nafari davlat grantlari asosida, 22 nafari esa tо‘lov-shartnoma asosida (3-ilova).

2019/2020 о‘quv yili uchun О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni о‘tab, harbiy qism qumondonligining tavsiyanomalariga ega bо‘lganlar uchun bakalavriatning  kunduzgi ta’lim shakli bо‘yicha qо‘shimcha besh foizlik qabul kо‘rsatkichlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti uchun jami 86 nafar bо‘lib, shundan 23 nafari davlat grantlari asosida, 63 nafari esa  tо‘lov-shartnoma asosida.

2019/2020 о‘quv yili uchun О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni о‘tab, harbiy qism qumondonligining tavsiyanomalariga ega bо‘lganlar uchun bakalavriatning  sirtqi ta’lim shakli bо‘yicha qо‘shimcha besh foizlik qabul kо‘rsatkichlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti uchun 24 nafarni tashkil etadi.

2019 yil 8 iyuldan boshlab abituriyentlar sonining keskin ortishi bilan institut qabul komissiyasida qо‘yidagi ishar amalga oshirildi:

  1. Abituriyentlar sonining keskin ortganligi sababli institut rektorining buyrug‘i asosida qо‘shimcha ravishda 31 nafar professor-о‘qituvchilar operator sifatida jalb etildi.
  2. Qо‘shimcha jalb etilganlar bilan birga ayni vaqtda tizimga ulangan kompyuterlar va operatorlar soni 100 taga yetkazildi.
  3. Ota-onalar  kutish joylari institutining 3 ta hududida tashkil etildi, kutish joylarida qо‘shimcha soyabonlar va о‘rindiqlar о‘rnatildi.
  4. Huquq-tartibot organlari tarkibidan iborat navbatchilar safi kengaytirildi.
  5. Tо‘lovni amalga oshiruvchi abiturentlar kutib qolmasligi uchun “Turon” AT banki sayyor kassasida faoliyat yuritayotgan bank xodimlari soni kо‘paytirildi. Sayyor kassani sonini kо‘paytirishga amaliy yordam sо‘rab Turon bank Qarshi filialiga xat bilan murojaat etildi.
  6. Amalga oshirilgan ishlar о‘z samarasini bermoqda, 2019 yil 10 iyul kunida 3000 yaqin abituriyentlar, 2019 yil 11 iyulda kunning birinchi yarmida 1400 nafar abituriyentlar rо‘yxatdan о‘tkazildi. Kunning ikkinchi yarmidan  abituriyentlar hech qanday navbatlarsiz rо‘yxatdan о‘tmoqda.

 

Suratlarni Murod  Komilov olgan.

Qarshi davlat universiteti va

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 

ma’muriyatlari.

  • Telefon: (75) 221-12-88, (75) 221-03-81

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (375)221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1, 4, 5, 7, 10, 18, 20, 22, 23, 27, 37, 44, 462, 11, 21, 37, 33