Kecha, ya’ni 6 aprel kuni Viloyat Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash boshqarmasi va uning bо‘limlari qoshida tashkil etilgan «Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi»lari tomonidan homiy tashkilot va saxovatpesha fuqarolarimiz tomonidan keltirilgan oziq ovqat mahsulotlari (6 535 kg un, 2 548 kg makaron, 10 kg mosh, 2 690 kg guruch, 2 604 kg shakar, 96 kg choy, 2 084 litr yog‘), qishloq xо‘jalik mahsulotlari (4 218 kg kartoshka, 494 kg sabzi, sholg‘om, 2 215 kg piyoz), gо‘sht va sut mahsulotlari (315 kg gо‘sht, 75 kg tovuq, 171 quti (5 130 dona) tuxum), tibbiy gigiyena mahsulotlari (3 720 dona tibbiyot niqobi va qо‘lqop, 26 dona sovun), shuningdek, 55 kg shirinliklar) 111 mln 911 ming sо‘mlik mahsulotlar 881 nafar (337 nafar kam ta’minlangan, 190 nafar nogironligi bо‘lgan, 152 nafar boquvchisini yо‘qotgan, 80 nafar yakka yolg‘iz keksa, 20 nafar karantinga olingan va 120 nafar boshqa)iga yetkazib berildi.

Markazlarga keltirilayotgan mahsulotlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda-sanitariya gigiyena talablari asosida qabul qilinib, harbiylar kо‘magida 75 ta tо‘liq sanitar ishlovdan о‘tgan maxsus transport vositalarida xonadonlarga yetkazilmoqda.

E’tiborlisi, xayrli ishda 210 nafar volontyor yoshlar ham о‘z hissalarini qо‘shmoqda.

07-04-2020 |
Foto galereya