Xabar qilinganidek, viloyat rahbari Zoyir Mirzayev ishtirokida tadbirkorlar qabuli qayta yo‘lga qo‘yildi.

Qashqadaryo viloyati “yashil” (xavfsiz) hudud toifasiga kiritilganligi bois yengillashtirilgan karantindan keyin tadbirkorlar barqaror faoliyat yuritib ketishi uchun sharoit yaratish maqsadida viloyat hokimi tadbirkorlar qabulini o‘tkazdi.

Qarshi shahri "Gungon" MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkor Tolib Bobomurodovning Qarshi shahri Nasaf ko‘chasidagi savdo do‘koni 2016 yilda buzilgan. Tadbirkor buzilgan savdo do‘koni o‘rnida Nasaf ko‘chasida zamonaviy bekat qurish uchun 2016 yildan buyon sarson-sargardon. Bekat uchun Qarshi shahar hokimligining qarori ikki marotaba chiqarilgan, biroq shahar hokimligi yuristi qarorni o‘z-o‘zidan yo‘qotib qo‘yavergan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat hokimi uch kun muddatda tadbirkorning huquqini qayta tiklash chorasini ko‘rish, kechiktirilgan vaziyatda viloyat prokuraturasi tomonidan tadbirkorga nisbatan tamagirlik kayfiyatida bo‘lib kelayotgan masʼullar belgilangan qonuniy javobgarlikka tortilishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Yana bir tadbirkorning faoliyati masʼullar sabab to‘xtab qolgan. Majburiy ijro byurosi va Qashqadaryo Hududgaz korxonasi “tashabbusi” bilan "Janub kapital qurilish" MJCH tabiiy gazdan uzilib qolgan. Tadbirkor faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Qabulda 15 nafar tadbirkorning muammolari tinglanib, o‘rinli muammolar o‘z yechimini topdi.

To‘lqin Turdiyev
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati mutaxassisi

26-05-2020 |
Foto galereya