Shu yilning 23-24 avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi bо‘lib о‘tib, unda 26 masala, shu jumladan, 16 ta qonun muhokama qilindi. 

Jumladan, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida"gi Qonunda xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy   faolligini oshirish, ularni kamsitishning barcha shakllariga barham berishga e’tibor qaratilgan. "Gender", "gender-huquqiy ekspertiza", "jins bо‘yicha bevosita kamsitish", "jins bо‘yicha bilvosita kamsitish" kabi tushunchalarga izoh berilgan.

Hujjatga kо‘ra, jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida erkaklar va ayollarning huquqlari hamda erkinliklarini kamaytirishga yoki tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash jinsi bо‘yicha bevosita kamsitish hisoblanadi. Sirtdan xolis bо‘lib tuyuladigan, biroq bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qо‘yadigan vaziyatlar, holatlar, mezonlar yoki amaliyotlar esa jinsi bо‘yicha bilvosita kamsitish sifatida qabul qilinadi.

Yana bir e’tiborli jihati, ish beruvchilarga bо‘sh ish о‘rinlari tо‘g‘risidagi e’lonlarda (reklamada) faqat bir jins vakillariga ish taklif qilish, jinslardan biriga ustunlik berib, turlicha talablar qо‘yish, ishga joylashayotgan shaxslardan о‘z shaxsiy hayoti, farzandli bо‘lish borasidagi rejalari haqida ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.

"Xotin-qizlarni tazyiqlar va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida"gi Qonun esa О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, joriy yilning о‘zida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan О‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan bir qancha zо‘ravonlik holatlari qayd etildi. Ayrim ayollar sodir etilgan jinoyatlar natijasida jabrlangan. Yangi qonun bunday muammolarning oldini olishga, xotin-qizlarni maishiy hayotda, ishda, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda jabr-zulmdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zо‘ravonlik holatlarining oldini olish tо‘g‘risida axborot olishni ta’minlash maqsadida respublikaning butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) faoliyat kо‘rsatishini ta’minlash belgilab qо‘yildi.

Senatorlar "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish tо‘g‘risida"gi Qonunni ham ma’qullashdi. Unda xavfsizlik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi, atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar faoliyati mustaqilligi, ochiqlik va oshkoralik, xalqaro majburiyatlarni bajarish ixtiyoriyligi kabi atom energiyasidan foydalanishning asosiy tushunchalari belgilab berilgan.

Bugungi kunda respublika tabiiy energiya resursi bо‘lgan tabiiy gazga qaram bо‘lib qolgan. Elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmida bu manbadan foydalanish 85 foizni tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda О‘zbekiston Hukumati mamlakatning barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlash uchun energetika tarmog‘ini rivojlantirishning turli variantlarini kо‘rib chiqdi. Bunda mamlakat yadro energetikasi tarmog‘ini shakllantirish vazifasi asosiy yо‘nalish sifatida belgilab olindi.

Bunday qaror qabul qilishda kо‘plab omil va holatlar hisobga olindi. Energetika xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitga uglerod chiqarishni kamaytirish, atom elektr stansiyalari xavfsizligi kо‘rsatkichlariga bо‘lgan ishonchni oshirish zarurati, iqtisodiyot nuqtai nazaridan yadro energetikasi raqobatbardoshligi ana shunday omillar sirasiga kiradi.

Natijada О‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan 2018 yil yanvarda mamlakatimizda AES barpo etish tо‘g‘risida qaror qabul qilindi. О‘sha yilning sentabrida Moskva   shahrida Rossiya Federatsiyasi va О‘zbekiston Respublikasi о‘rtasida "3+" avlodiga mansub, ikkita energiya blokidan iborat bо‘lgan, belgilangan quvvati 2400 megevattni tashkil etadigan atom elektr stansiyasini barpo etish tо‘g‘risida bitim tuzildi. Bu Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. Mazkur obyektni Jizzax viloyati Forish tumanida barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu hudud geografik joylashuvi va boshqa zarur omillar nuqtai nazaridan qulay hisoblanadi.

"О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi Qonun bilan Byudjet kodeksiga, "О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tо‘g‘risida"gi, "О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tо‘g‘risida"gi konstitusiyaviy qonunlarga, "О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti tо‘g‘risida"gi, "О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti tо‘g‘risida"gi qonunlarga о‘zgartishlar kiritildi. Shunday mexanizm joriy etilmoqdaki, unga kо‘ra, Oliy Majlis palatalari xarajatlar smetalari ularning devonlari tomonidan byudjet qо‘mitalari bilan birgalikda parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlar hisobga olingan holda ishlab chiqiladi hamda Oliy Majlis palatalari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

 "Saylov tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun bilan esa О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, konstitusiyaviy qonunlarga, "О‘zbekiston Respublikasining referendumi tо‘g‘risida"gi, "О‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tо‘g‘risida"gi, "О‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tо‘g‘risida"gi qonunlarga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi.

"О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi Qonunga asosan "Jamoatchilik nazorati tо‘g‘risida"gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan normalarni amalga oshirish maqsadida "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida"gi, "О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida"gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida"gi", "О‘rmon tо‘g‘risida"gi, "Radiatsiyaviy xavfsizlik tо‘g‘risida"gi, "Psixiatriya yordami tо‘g‘risida"gi qonunlarga jamoatchilik nazorati subyektlari kiritildi.

"Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi Qonun kо‘rib chiqilib, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilganligi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining 12 ta qonuniga hamda 3 ta kodeksiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi.

"Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi Qonunga asosan Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga, Soliq kodeksiga, shuningdek, Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining rо‘yxatiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan о‘zgartish va qо‘shimchalarda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik, nafaqat kо‘p miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni qasddan sodir etganlik, balki kо‘p va ancha miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutildi.

"Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida"gi Qonun kо‘rib chiqilib, unga asosan 12 ta qonun va 1 kodeksga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi. Jumladan, sudyalar xatolarining oldini olish, sudyalar korpusi yetarli amaliy va hayotiy tajribaga ega yuqori malakali yuristlar orasidan shakllanishini ta’minlash maqsadida "Sudlar tо‘g‘risida"gi Qonunga sudyalar uchun о‘ttiz besh yoshdan kichik bо‘lmagan yosh senzini nazarda tutuvchi о‘zgartish kiritildi. Oila kodeksiga erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini о‘n sakkiz yosh etib belgilovchi norma kiritish senatorlar tomonidan ma’qullandi.

"Ona suti bilan oziqlantirishni qо‘llab-quvvatlash hamda gо‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar tо‘g‘risida"gi Qonunning maqsadi ona suti bilan oziqlantirishni qо‘llab-quvvatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, gо‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonun Prezidentning 2018 yil 7 dekabrdagi "О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Senatorlar tomonidan qonun har tomonlama о‘rganib chiqilib, uni tamomila qayta kо‘rib chiqish zarur, degan xulosaga kelindi. Undagi ayrim normalar uning nomi va maqsadlariga mos kelmasligi, gо‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati, sifati va xavfsizligi talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlari о‘z aksini topmaganligi e’tirof etildi. Shu sababli Senat mazkur qonunni ma’qullamadi.

Senatorlar "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qilishdi. Shuningdek, jamiyat va davlat ahamiyatiga molik boshqa masalalar kо‘rib chiqildi.

Yuqorida zikr qilingan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bо‘ladi.

Abdishukur OMONOV,

viloyat hokimligi yuridik xizmat rahbari

 

27-08-2019 |
Foto galereya