106 yoshli shahrisabzlik onaxonning orzulari nima edi?

106 yoshli shahrisabzlik onaxonning orzulari nima edi?

Istiqlolimiz baxsh etgan ne’matu imkoniyatlarning sanog‘i behisob. Ulardan bahramand bо‘lib yashash esa — katta baxt, ulug‘ saodat. Shu bois bugungi dorilamon kunlarimizning har bir daqiqasiga qancha shukronalar aytsak, shuncha kam. Oramizda shunday mutabar kishilar borki, ularning holidan xabardor bо‘lish, qо‘llaridan tutib duo olish kabi vazifalarni bajarish barchamiz uchun fazilat sanaladi.

Shu munosabat bilan, hokimlik vakillari Shahrisabz tumani, “Uloch” qishlog‘ida bо‘lishib, mahalla faollari va faxriylar ishtirokida ushbu qishloqda yashovchi 106 yoshni qarshilagan Sharofat aya Mirzayevaning holidan xabar olishdi.

- Xonadonimizga mehmon kirib kelishi bilan baraka hayr ham ostonadan hatlab keladi, - deydi Sharofat aya mehmonlar bilan suhbatda. – Avvalombor, Yurtboshimiz omon bо‘lsin, tinchlik degan ne’matimiz abadiy bо‘lsin. Bir paytlar tinchlikni, osoyishtalikni, farzandlar, nevarayu-chevaralar rohatini kо‘rishni orzu qilar edim. Armonsiz qolmadim. 36 nafar nabira va 48 nafar evaralik bо‘lish nasib etdi. Bugun qо‘llarim faqat duoda: Urushni kо‘rmang! Urushni siz-ku kо‘rmang, farzandlaringiz ham, nevaralaringiz ham, evaralaringiz ham kо‘rmasin, omin!

Hokimlik vakillari onaxonning yoshlik va urush xotiralari bilan о‘rtoqlashdi. Bugungi dorilamon kunlarimizning har bir daqiqasiga qancha shukronalar aytsak kam ekanligiga amin bо‘lishdi.

Shundan sо‘ng,  viloyat hokimi о‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Maqsuda Mustafoyeva va Shahrisabz tumani hokimi Isroil Amanovlar viloyat hokimi Z.Mirzayevning qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Shahnoza Astanova, jurnalist.

  • Telefon: (71) 200-55-05, (75) 221-07-60

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (75) 221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,37,44,462,11,21,37,33